Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat qarorlari, boshqa qonun hujjatlari, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari buyruq va ko‘rsatmalari, Boshqarma boshlig‘ining topshiriqlari, shuningdek, chiqindilarni boshqarish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy xujjatlarga amal qiladi.
Bo‘lim o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda Boshqarma tizimidagi boshqa tarkibiy bo‘linmalar, inspeksiya va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Bo‘lim barcha turdagi maishiy, sanoat, ishlab chiqarish va havfli chiqindilarni saqlash, zararsizlantirish, xillarga ajratish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish, ko‘mish, realizatsiya qilish va chiqindi poligonlaridan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda chiqindilarni boshqarish tizimini tashkil etish hamda bu borada tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlash;
chiqindilarni boshqarish masalalarida ushbu sohada faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
chiqindilarni boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib borish;
chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, ularni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish, ular bilan bog‘liq ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash hamda tahlil qilish.
Bo‘lim korxona va tashkilotlarda ishlab chiqirishdan jarayonida chiqindilar hosil bo‘lishi, ularni atrof muhitgi salbiy ta’sirini kamaytirish yuzasidan amalga oshirilgan va ko‘zda tutilayotgan tadbirlar tahlilini olib borish;
ishlab chiqarish jarayonida chiqindilarni atrof muhitga ta’sirini kamaytirish, ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish sohasida tarbiya
va ta’lim tizimini rivojlantirish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish borasida takliflar ishlab chiqish;
ishlab chiqarish sohasida hosil bo‘ladigan chiqindilarni belgilanmagan joylarga joylashtirish, ular natijasida atrof muhitga bo‘ladigan ta’sirni tartibli boshqarish oqibatida tabiiy resurslarga salbiy ta’sirni oldlini olish hamda ulardan oqilona foydalanish, asliday qaytarish bo‘yicha ishlab chiqilgan, amalga oshirilgan hamda ko‘zda tutilayotgan tadbirlar asosida ma’lumotlar tayyorlash;
atrof-muhitning qulay ekologik holati saqlab turilishini ta’minlash, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha zamonaviy texnorlogiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha faoliyat olib boruvchi korxonalar haqida to‘liq ma’lumotlar bazasini shakllantirish va to‘ldirib borish;
hududda chiqindilarni qayta ishlash borasida amalga shirilayotgan ishlar tahlilini olib borish;
chiqindilarni zararsizlantirish va ko‘mish borasida korxona
va tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
chiqindi poligonlarini loyihalashtirish, joylashtirish, qurish
va ulardan foydalanish ishlarida ishtirok etish va uslubiy tarafdan yordam ko‘rsatish;
chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish uchun yangi texnika va texnologiyalarni tatbiq etish rejalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
korxona, tashkilotlar va aholi tomonidan hududlarda ekologik talablari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishida ishtirok etish;
chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish korxonalari bilan hamkorlik qiladi;
chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish sohasini takomillashtirishga qaratilgan meyoriy-huquqiy hujjatlar va takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun mutasaddi tashkilotlar bilan aloqalarni o‘rnatadi;
o‘z vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish.
Bo‘lim qonunda belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Bo‘lim boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalari va quyi tashkilotlari, chiqindilar bilan bog‘liq sohada faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlardan kerakli axborot va ma’lumotlarni rasmiy ravishda olish;
chiqindilarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan dunyodagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni boshqarish bilan bog‘liq sohada faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarning faoliyatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Bo‘lim boshlig‘i bevosita Boshqarma boshlig‘i va uning mutasaddi o‘rinbosariga bo‘ysunadi.