Atrof muhit ifloslanishi monitoring bo`limi to`g`risida
NIZOM
1.Umumiy qoidalar
1.1 Ushbu Nizom O`z DST ISO/IES 17025:2007 talablari asosida ishlab chiqiladi va O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo`mitasining Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atrof muhit ifloslanishi monitoring bo`limining asosiy vazifalarini, javobgarligini, huquqlarini, majburiyatlarini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilab beradi.
1.1 Atrof muhit ifloslanishi monitoring bo`limi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari,Vazirlar Maxkamasining farmon va qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi(keyinchalik davlat Ekologiya qo`mitasi) to`g`risidagi Nizom, Hay’at qarorlari, qo`mita buyruq va ko`rsatmalariga hamda ushbu nizomga asosan olib boradi.
1.3 Bo`lim ish faoliyatini boshqarma boshlig`ining rahbarligida amalga oshiradi (faqatgina boshqarma boshlig`iga bo`ysunadi).
1.4 Bo`lim o`z ish faoliyatini boshqarma tizimidagi boshqa bo`limlar bilan hamkorlikda olib boradi.
1.5 Vakolati doirasida qabul qilinadigan boshqarma qarorlari, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el yuridik va jismoniy shaxslari, mulkchilik shakli va bo`yso`nishidan qat’iy nazar davlat va xo`jalik boshqaruv orgalari tomonidan ijrosini ta’minlanishi shart.
1.6 Bo`limni qayta tashkillash va tugatish qonunda belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
1.7 Atrof muhit ifloslanishi monitoring bo`limi Nizomi ichki me’yoriy hujjat hisoblanib uni talablariga barcha bo`lim xodimlari amal qilishga majbur.
2.Vazifa va funktsiyalar
2.1 Asosiy vazifalari hisoblanadi:
2.1.1 Atrof muhit ifloslanishi nazoratni amalga oshirish ifloslantiruvchi manbalar monitoring bo`yicha ishlarni tashkillash va yuritish, Qashqadaryo viloyati hududida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli tashlamalarni, oqova suvlarni ifloslanishi, tuproq tarkibini ifloslanishini kuzatib borishi ustidan nazorat olib borish.
2.1.2 atmosfera havosi,oqova suv tuproq tarkibini ifloslantiruvchilar haqida analitik nazorat ma’lumotlar natijasini umumlashtirish va tizimlashtirish.
2.1.3 Chiqindilarni joylashtirish va ko`mishda ekologik xavfsizlik bo`yicha talablarga amal qilish yuzasidan nazorat tashkillashtirish.
2.1.4 Atrof muhitni, ob’ektlarni ifloslanishi, chiqindi, oqovalarni oqizilishi va tashlamalarni fizik kimyoviy tahlil qilish va namunalar olishni progressiv usullarni o`rganish, ta’minlashtirish zarur hollarda amaliyotga tadbiq qilish, ishlab chiqish, to`ldirish.
2.1.5 Atrof tabiiy muhitni, ob’ektlarini ifloslanishi va oqizilayotgan oqova suvlarni sifati tahlili, atmosferaga tashlanayotgan moddalarni nazorat va arbitraj o`lchash ishlarini amalga oshirishni ta’minlash.
2.1.6 O`lchash ishlarini amalga oshirish uchun namunalar olish bo`yicha tuzilgan hujjatlarni tahlil qilish va kirish nazoratini amalga oshirish.
2.1.7 Hujjatlar jamlanmasiga namuna olish dalolatnomasi, sinovlar dalolatnomasi bo`yicha natijalarni oxirgi nazoratini, atrof tabiiy muhit ifloslanishini monitongi bo`limi boshlig`i o`rinbosari amalga oshiradi. Bu nazorat tayyorlangan hujjatlarni tekshirish va natijalarga muvofiqlik bahosi berishni ko`zda tutadi.
2.1.8 Nazoratning ijobiy natijalariga erishgan taqdirda bo`lim boshlig`i sinov bayonnomalarini tasdiqlaydi. Sinov bayonnomasi shakli(PSK12:2008) A-ilovasida berilgan.
2.2 Atrof muhit ifloslanishi monitoring bo`limi vazifalari:
2.2.1 O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo`mitasining Atrof muhit ifloslanishini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasiga oylik, choraklik, yarim yillik, to`qqiz oylik va yillik hisobotlarni qilib topshirish.
2.2.2 Tahlil qilishning zamonaviy usullarini o`rganish va amalga kiritish.
2.2.3 Tahlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqib attestatsiyadan o`tqazish va amalga kiritish.
2.2.4 Avariya holatlarida ifloslantiruvchi moddalarning oqovalari va tashlamalarini chiqarishda hamda (zararli va xavfli) chiqindilarni joylashtirishda nazorat tahlillarini amalga oshiradi.
2.2.5 Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida quyidagilarning tahliliy nazoratini amalga oshiradi:
turg`un manbalardan atmosfera havosiga tashlanadigan zararli moddalar;
suv ob`ektlariga tashlanadigan oqova suvlar;
oqova suvlar tashlaydigan manbalar joylashgan hududlardagi yer usti suvlari;
yerlarni (jumladan tuproqni) ifloslantiruvchi manbalar joylashgan yoki potentsial ifloslantiruvchilari bo`lgan hududlarning tahliliy nazoratini olib boradi.
3.Bo`limning tuzilishi
Bo`lim shtatlarini tashkillashtirish.
3.1Atrof muhit ifloslanishi monitoring bo`limini shtatlari tuzilishi 1-ilovada ko`rsatilgan sxemaga asosan ishlarni amalga oshiradi va Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig`i tomonidin tasdiqlanadi. Bo`lim tuzilishi va shtat jadvaliga bo`lim boshlig`ining taklifiga asosan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig`i tomonidan o`zgartirish kiritilishi mumkin.
3.2 Atrof muhit ifloslanishi monitoringi bo`limini quyidagi sektorlardan iborat:
-oqova suvlarni nazorat qilish sektori,
-atmosfera manbalarini nazorat qilish sektori,
-tuproq tarkibini nazorat qilish sektori.
3.3 Bo`lim mutaxassislarining vazifalari Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig`i tomonidin tasdiqlangan mansab yo`riqnomalari bilan belgilanadi.
3.4 Atrof muhit ifloslanishini monitoringi bo`limi davlat byudjetidan va qonunchilikga xos ravishda boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi tomonidan bo`limning strukturasi va harajatlar smetasi tasdiqlanadi.
4.Majburiyatlari
4.1 O`z Dst ISO/IES 17025:2007 me’yomiy hujjatida belgilangan akkreditatsiya talablariga muvofiqlikni doimiy ravishda tutib turish.
4.2 Har bir manba bo`yicha standart talablariga muvofiq tahlil natijalarini, talab qilinadigan aniqlik, mahfiylikni, ob’ektivlik haqqoniylikni ta’minlash.
4.3 Faqat akkreditatsiyaga oid tahlillar bo`yicha akkreditatsiya haqida bildirish, tahlil natijalari bo`yicha kiritilgan shikoyatlarni hisobini yuritish.
4.4 Attestatsiya guvohnomasining amal qilish muddati tugagandan so`ng, attestatsiyadan o`tgan laboratoriya huquqidan foydalanmaslik.
4.5 Inspektsion nazorat va attestatsiya o`tkazish bilan bog`liq harajatlarni o`z vaqtida to`lab berish, o`lchash vositalari va sinov uskunalarini soz holatda saqlash, ularni o`z vaqtida qiyoslov ko`rigidan o`tkazish va tekshirib turish.
4.6 Tahlillar bayonnomalari va hisobotlarini tuzish, ularning nusxalarini saqlash.
4.7 Har chorakda “O`zMMI”ning inspektsion nazorat va attestatsiya boshqarmasiga zamonaviy IO va SI bilan jihozlanganlik rejasini bajarilishi to`g`risida ma’lumot yo`llash.
4.8 Atrof-muhit ifloslanishi monitoringi bo`limi vakolat doirasida qonunchilikni buzilishi bo`yicha hujjatlar tayyorlaydi. Boshqa hollarda atrof muhitga korxonalar tomonidan yetkazilgan zararni belgilangan tartibda boshqarmaning tegishli bo`limlari hamkorligi tartibida hisoblaydi va zararni undirish uchun da’vo bilan sudga murojaat qiladi.
4.9 Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ifloslanish holatini monitoringini olib boruvchi organlar hamda korxonalar tomonidan tabiiy muhit ifloslanishini nazorat bo`yicha tadbirlarni tashkillashtirish va bajarilishini atrof muhitni ifloslanishining ekstrimal yuqori bo`lishining sabablari va faktlarini aniqlashtirish va yuzaga chiqarishni muvofiqlashtirish.
4.9.1 Ifloslantiruvchi moddalarni tashlash va oqava suvlarni hisobini yuritish hamda sifati nazoratini amalga oshirish bo`yicha idoraviy laboratoriyalar faoliyati bilan bog`liq ishlarni nazorat qiladi, muvofiqlashtiradi va yo`naltiradi.
4.9.2 Kuchli ta’sir etuvchi zaxarli moddalarni avariya holida tashlanish hollarda nazorat tahlillari olib borish ishlarini tashkillashtirish.
4.9.3 Atrof tabiiy muhitni ifloslanishini nazorat qilishning texnik vositalarini joriy qilish va kiritish, o`lchash usullarini metrologiya ko`rigidan o`tkazishni tashkillashtirish, asbob uskunalarni hisobdan chiqarish uchun materiallar va texnik vositalarni qabul qilish natijalari bo`yicha materiallani e’lon qilish uchun tayyorlash.
4.9.4 Asoslantirilgan holda hisob-kitob qilib, tarmoq bo`yicha atrof tabiiy muhitni ifloslanishini asbobiy usullar bilan nazorat qilish ishlarini material va moddiy ta’minlanishi bo`yicha bildirishnoma yoki talabnoma berish.
4.9.5 Bo`limning material va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, xavfsiz mexnat sharoitini yaratish, yong`in va texnika xavfsizligi bo`yicha chora-tadbirlani amalga oshirish.
4.9.6 Bo`lim vakolatlariga oid masalalar yuzasidan tarmoq va idoraviy laboratoriyalar, tashkilotlar hodimlari uchun maslahatlar berish, malakasini oshirish, yig`ilish va smenarlar tashkillashtirish.
4.9.7 Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo`yicha bilimlarni aholi va tashkilotlar o`rtasida targ`ib qilish.
4.9.8 Attestatsiya kengashi qarorlarini bajarish va 3 (uch) yildan kam bo`lmagan muddatda hujjatlarni va sinovdan o`tkazish bayonnomalarini arxivda saqlash.
5.Huquqlari
Atrof-muhit ifloslanishini monitoring bo`limi quyidagi huquqlarga ega.
5.1 Atrof-muhit ifloslanishini monitoring bo`limining hodimlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlari hisoblanadi.
5.2 Attestatsiyaning ta’lluqli sohasiga muvofiq topshiriqlar o`tkazish tartibini tashshillashtiradi.
5.3 O`zbekiston Respublikasi milliy sertifikatlash tizimida attestatsiyadan o`tganligi to`g`risida turli hujjatlarda, E’lonlarda ko`rsatib o`tish va attestatsiyadan o`tgan sohalar asosida manbalar bo`yicha sifatli tahlillar o`tkazilishini ta’minlaydi.
5.4 Aynan shu tahlilni o`tkazish huquqiga ega bo`lgan laboratoriyalar bilan aniqlik bir tahlillarni (attestatsiya sohasidagi) o`tkazish bo`yicha shartnomalarni ehtiyoj bo`lganda tuzish.
5.5 Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga amal qilinishini davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida xo`jalik yuritish sub’ektlari, yuridik shaxslarda shuningdek, tozalash inshootlari va qurilmalarini ish samaradorligini, atmosfera havosiga va oqava suvga tashlamalarni me’yorlarga amal qilinishini, chiqindilarni hosil bo`lishi va joylashtirishni, tuproqqa zararli moddalarni to`planishi bo`yicha bo`lim inspektorlari tekshirishni amalga oshiradi.
5.6 O`z vakolati doirasida yuridik, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni aniqlaydi va belgilangan tartibda zararni undirish maqsadida to`plangan hujjatlarni tegishli sud organiga yo`naltiradi.Shuningdek, jinoiy ish alomat bo`lgan taqdirda jinoiy ish qo`zg`atish uchun prokuraturaga chiqaradi.
5.7 Tabiatdan foydalanuvchilar, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va muhofaza qilish davlat nazorati organlari, ilmiy tadqiqot tashkilotlar va muassalar, idoraviy bo`ysunuvidan qat’iy nazar atmosfera havosini, suvlarni va tuprqni muhofaza qilish masalalari bo`yicha ma’lumot va hujjatlarni so`rash.
5.8 O`z vakolati doirasida konferentsiyalar, smenarlar va boshqa tadbirlar o`tkazish hamda boshqa tashkilotlar o`tkazadigan shunga o`xshash tadbirlarda ishtirok etish.
5.9 Bo`lim tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar uchun to`lov miqdorlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Vakolati doirasidagi xizmatlar turi bo`yicha korxona, tashkilotlar bilan xo`jalik shartnomalari tuzadi.
5.10 Atrof-muhit ifloslanishini monitoring bo`limi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo`jalik shartnomalar asosida ishlarni amalga oshirish huquqiga ega. Undan tushirilgan mablag`lar bo`lim hodimlarini moddiy qo`llash, bo`limni ijtimoiy, ilmiy va moddiy texnik bazasini rivojlantirish jamg`armasiga yonaltiriladi.
6.Javobgarligi
6.1 Atrof-muhit ifloslanishini monitoring bo`limini bo`lim boshlig`i boshqaradi, Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig`i buyrug`iga asosan ishga tayinlanadi va ishdan ozod etiladi.
6.2 B`’lim boshlig`i bo`limda ishni tashkillashtiradi va ish faoliyati samaradorligiga shaxsan javobgardir, shuningdek belgilangan ish tartibini ta`minlaydi.
6.3 Bo`lim boshlig`i vakolat doirasida ichki buyruqlar qabul qiladi, qonunda ko`zda tutilgan tartibda hodimlarni boshqa lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish, hodimlarga nisbatan intizomiy chora ko`rish ma’naviy va moddiy rag`batlantirilish to`g`risida boshqarma boshlig`iga bildirgi va takliflar kiritadi.
6.4 Bo`lim boshlig`i ish faoliyati masalalari yuzasidan hodimlarni shikoyat va talablarini ko`rib chiqadi, amaldagi qonunchilikka asosan ular bo`yicha qaror qabul qiladi.
6.5 Bo`lim boshlig`i o`rinbosari bo`limdagi ishlarni tashkillashtirishga javob beradi, sifatli bajarilishini ta`minlaydi va muddalarga amal qilinishi, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi bo`yicha yo`riqnomalarga qat’iy amal qilinishin, shuningdek bo`limga tegishli mulk va hujjatlarni saqlash hisobini yuritish va to`g`ri foydalanishini ta’minlaydi.
6.6 Atrof-muhit ifloslanishini monitoring bo`limi hodimlari tahlillarni to`g`ri amalga oshirilishiga, taqdim etilayotgan tahlil natijalarini haqqoniy va ob’ektivligiga, tahlillarni o`tkazish muddatlariga amal qilish, shuningdek tahlillarni o`tkazilishida mansab yo`riqnomasida belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgardir.
6.7 Bo`lim hodimlari mehnat va davlat intizomiga rioya qilishiga, mehnat sharoitini yaxshilashga, hodimlarning kasbiy darajasini oshirish bo`yicha tadbirlarni o`tkazadi.
6.8 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini kuchaytirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 12-sonli qaroriga asosan ijro intizomiga so`zsiz amal qilish.
7.Boshqa organlar, tashkilot va korxonalar bilan o`zaro munosabati.
7.1 Atrof-muhit ifloslanishini monitoring bo`limi ma’lumotlar olish masalalarida Atrof muhit muhofazasi sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi, “O`zMMI”ning inspektsion nazorat va attestatsiya boshqarmasi bilan, malaka oshirish va o`qitish masalalari bo`yicha “Metrologiya, sertifikat va standartlashtirish markazi”ning ilmiy instituti bilan, “O`zMMI”ning Qashqadaryo viloyat filiali bilan hamda boshqa vakolatli tajriba laboratoriyalar va tashkilotlar bilan o`zaro munosabatda bo`ladi.
7.2 Atrof-muhit ifloslanishini monitoring bo`limi, O`zgidromet, VSEO va JNM hamda boshqa korxonalarning idoraviy laboratoriyalari bilan o`zaro munosabatda bo`ladi.