Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Mirishkor tuman nazorat inspeksiyasi xodimlari hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda cho‘l hududida navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat tadbiri davomida fuqaro M.N tomonidan Mirishkor tuman “Oltin boshoq” MFY hududidan noqonuniy ravishda tabiiy holda o‘suvchi saksovul o‘simligini chopib, o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinada olib ketayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.