Қашқадарё вилояти Экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш бошқармаси Миришкор тумани инспекторлари томонидан навбатдаги экологик назорат рейд тадбирлари ўтказилди. Назорат рейд тадбирлари давомида фуқаро Б. Э. томонидан белгиланмаган худудга чиқинди ташлаганлик ҳолати аниқланди. Ҳолат юзасидан ҳуқубузарга нисбатан Ўзбекистон Республикаси МЖтК-нинг 91-моддаси 1-қисми билан маъмурий баённома расмийлаштирилиб, 270 минг жарима қўлланилди.
Қашқадарё вилояти Экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш Қарши тумани инспекторлари томонидан навбатдаги экологик назорат рейд тадбирлари ўтказилди. Ўтказилган навбатдаги рейд тадбирлари давомида туманнинг «Ҳилол» ва «Хонобод» МФЙ худудларидан оқиб ўтувчи Қашқадарё дарёсининг мухофаза майдонида фуқаролар томонидан чиқинди ташланганлик ҳолати аниқланди. Чиқинди ташланган худудда тозадаш ишлари олиб борилиб, худуд чиқиндилардан тозаланди.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018-йил 2-октабрдаги “Маиший чиқиндилар билан боғлиқ ишларни амалга ошириш соҳасидаги ишлар самарадорлигини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 787-сонли қарори ижросидан келиб чиқиб, Қарши шаҳридаги меҳмонхона ва идора худудларига чиқинди қутилари ўрнатилмоқда. Қашқадарё вилояти Экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш бошқармаси инспектори ва «Индорама Агро» МЧЖ ХК ходимлари билан ҳамкорликда МЧЖга қарашли меҳмонхона ва идора худудларига чиқинди қутилари ўрнатилди.
Юртбошимизнинг ташаббуслари билан бутун мамлакатимиз бўйлаб «Яшил макон» умуммиллий лойихаси бўлиб ўтмоқда. Умуммиллий лойихани самарали амалга ошириш мақсадида шу йилнинг 25-март кунидан 5-май кунига қадар «Долзарб 40 кунлик» тадбири эълон қилинди. Шу муносабат билан Қашқадарё вилояти Ғузор туманидаги 51 та маҳалла фуқаролар йиғинлари раислари томонидан аҳоли ҳонадонлари, деҳқон хўжаликлари ҳамда ташкилотларга терак қаламчалари, мевали ва манзарали дарахт кўчатлари тарқатилиб, бўш ер майдонларига экилмоқда.
Қашқадарё вилояти Экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш бошқармаси Нишон тумани инспекторлари ҳамда туман Ободонлаштириш бошқармаси билан биргаликда туман ҳудудларида кўчат экиш ишлари олиб борилмоқда. Бу сафарги ҳайрли ишлар туманнинг «Байналминал» МФЙ-да бўлиб ўтди. Тадбирда 300 дона Элдор қарағайи дарахти, шунингдек, мевали ва манзарали дарахт кўчатларини экиш ишлари бўлиб ўтди.
Aholini ro’yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o’zi uchun zarur bo’lib, u vaqti-vaqti bilan o’z-o’zini ko’zguda ko’rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro’yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o’zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o’zlari mansub bo’lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Misol uchun, ishsizlarning so’rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o’rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o’rinlari yaratish imkonini bersa, bolalar soni to’g’risidagi ma’lumotlar maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va shu kabi muassasalar qurilishi
Dunyodagi har bir mamlakat, o’zining aholisi va uning yashash holati bo’yicha ishonchli ma’lumotga ega bo’lish maqsadida muntazam ravishda aholini ro’yxatga oladi. Ko’pchilik mamlakatlarda aholini ro’yxatga olish har besh yoki o’n yilda amalga oshiriladi. Hozir jahonning ko’plab rivojlangan davlatlarida aholi o’rtacha har o’n yilda kamida bir marta ro’yxatdan o’tkazilmoqda. Ushbu tadbir so’nggi bor 1989- yilda o’tkazilib, o’sha paytda respublikamiz aholisi 19,7 million kishini tashkil etgan. Amaldagi joriy hisobga ko’ra, 2020- yilning 1- yanvar` holatiga ko’ra respublikamiz doimiy aholisi soni 33 905,8
Tasavvur qiling, qo’lingizda O’zbekiston xaritasi va unga qarab hududlarga doir birlamchi ma’lumotlarni aytish mumkin. Masalan, Qoraqalpog’istonda qancha aholi yashaydi, Xorazmda bandlik masalasi qay ahvolda, Surxondaryoda nechta ta’lim muassasasi bor, Farg’ona vodiysida aholi zichligi qanday va shunga o’xshash boshqa muhim ma’lumotlar. Biroq bunday yuzaki va taxminiy ko’rsatkichlar bilan bugungi jadal rivojlanish va islohotlar davrida uzoqni ko’zlab nimanidir reja qilish qiyin, albatta. Aksincha, qo’limizda har bir hududga doir aniq faktlar bo’lsa, rejalarimiz ham, amallarimiz ham manzilli va puxta bo’ladi. Aynan shuning uchun
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 16 mart kuni “Aholini ro’yxatga olish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini ro’yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O’zbekiston tarixidan o’rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo’q edi. Qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olishni o’tkazish Kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5655-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi. Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferentsiyasining
Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, tayyorgarlik bosqichi bo’lib, 2-3 yilga yaqin vaqt davom etadi. Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala, aholini ro’yxatga olishda faol ishtirok etish bo’yicha aholi o’rtasida targ’ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Yana bir muhim vazifalardan biri bu – shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalarini va ma’muriy tumanlar xaritalarini tayyorlash hamda aholi punktlaridagi uylarning ro’yxatini tuzish hisoblanadi. Bunda mahalla, qishloq va ovullarning