Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ўтган видеоселектор йиғилишида «Яшил макон» умуммиллий лойиҳасини бошлаш чоралари муҳокама этилиб, дарахт экиш бўйича долзарб 40 кунлик эълон қилинди. Шу муносабат билан тумандаги 97-умумий ўрта таълим мактабида экилган мевали дарахти кўчатлари бориб ўрганилди. Ушбу таълим даргоҳида 2000 дона элдор қарағайи, 1000 дона бодом дарахти, 120 дона ўрик дарахти ҳамда анор, бодом дарахт кўчатлари етиштирилмоқда, дейди мактаб директори. Дарахт кўчатларини мактаб ҳудудида етиштириш жараёнларида ўқувчи ёшларнинг қизиқиши ортида, албатта, болаларда табиатга бўлган муҳаббат ва ҳурматни шакллантириш ҳамда уларнинг ёшликдан меҳнатсеварлик
Мамлакатимиз бўйлаб бошланган “Долзарб 40 кунлик” тадбирлари Нишон тумани ҳудудларида давом этмоқда.
Вилоятимизнинг Нишон туманида ҳам кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда. Хусусан «Пахтакор» МФЙ ҳудудида Қашқадарё вилоят Экология бошқармаси бошлиғи А. Эшонқулов ҳамда Республика Экология қўмитаси томонидан бириктирилган вакил бошчилигида туман Ободонлаштириш бошқармаси ҳамда Миллий гвардия ходимлари билан ҳамкорликда 300 туп элдор қарағайи дарахт кўчатларини экиш ишлари бўлиб ўтди. Мазкур экилган дарахтларни парвариши ва суғориш тизимини, дарахт кўчатларини ўсиши учун доимий назорат олиб бориш кераклиги ҳамда махсус режа тузилиб, белгиланган режага мувофиқ ишлар йўлга қўйилиши кераклиги тўғрисида тегишли ходимларга кўрсатмалар берилди.
Ўрганиш давомида Шаҳрисабз шаҳар «Файзобод» МФЙ ҳудудида жойлашган 10 минг дона элдор қарағай дарахти кўчат захираси ташкил қилинганлиги ҳамда ушбу ташкил қилинган дарахт кўчатлари суғориш тизими мавжуд бўлган ҳудудларга экилиши бўйича маъсул ташкилотларга тавсиялар берилди.
Қашқадарё вилоят ҳокими М. Азимов, шаҳар ҳокимлиги вакиллари, вилоят Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бошқармаси ходимлари, Ўзбекистон экологик партияси шаҳар кенгаши раиси, маҳалла раислари, депутатлар ҳамда ОАВ вакиллари иштирок этишди. Мутахассислар иштирокчиларга дарахтларни экиш техникаси, суғориш тизими ва парваришлаш ҳақида маълумотлар беришди. Шундан сўнг вилоят ҳокими М. Азимов, вилоят Экология бошқармаси бошлиғи А. Эшонқулов ҳамда келажагимиз бўлган ёшлар иштирокида дарахт экиш ишлари бошлаб юборилди.
Bugun G‘uzor tumanida «Dolzarb 40 kunlik» tadbiri doirasida tuman hokimi boshchiligida tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda tuman hokimi B.Suyunov tadbirni namunali o‘tkazish va ekilgan daraxt ko‘chatlarni parvarishlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Shundan so‘ng, mahallalar, ko‘chalar va dala atroflariga mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekildi.
Mirishkor tumani A. Navoiy istirohat bog‘i hududida Qashqadaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi, tuman hokimi va hokim o‘rinbosarlari, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda 1000 ga yaqin turli xildagi daraxt ko‘chatlari ekildi. Ko‘chat ekish ishlari mahallabay tizimida tashkil etilib, MFY oqsoqollari, faollar hamda yoshlar ishtirok etishdi.
Viloyat hokimi Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyat Ekologiya boshqarmasida xodimlar faoliyati tanishdi. Yig‘ilishda viloyatimiz hududlarida iqlim sharoiti natijasida o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan, chiqindilar bilan bog‘liq muammolar, daraxt kesilish holatlari, shuningdek, fuqarolarning ekologiyaga oid murojaatlari ko‘payib borayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Yig‘ilish davomida Viloyat hokimi tomonidan hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib turgan ekologiyaga oid muammolarni bartaraf etish, atrof-muhit tozaligini asrab-avaylash, kelajak avlod uchun ekologiyani saqlash borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Viloyat hokimi fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlariga ham to‘xtalib, murojaatlar bilan ishlashda tezkorlik va aniqlikka e’tibor
Yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorat bo‘limi boshlig‘i Urunov Bahodir ishtirok etib, viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari hamda shahar va tuman bo‘limi boshliqlariga tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlari xaqida tushunchalar berib o’tdi. Shuningdek, qo‘mitaning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorat qilish bo‘yicha bo’limi tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan izchil chora-tadbirlar haqida xodimlarga ma’lumot berilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan Yakkabog‘ tumani «Jambul» MFY hududida 85 sotix yer maydoniga ekilgan 20 ming to‘p pavloniya daraxt ko‘chatlarini yetishtirish ishlari borib o’rganildi. AgroXimGrup MCHJ agro kimyo ximoya markazi bosh direktori, texnika fanlari nomzodi agro kimyogar olim Rustamov Botir Turdiyevich tomonidan tashkil ushbu hududda barcha agrotexnik tadbirlari amalga oshirilgan holatda pavloniya daraxti ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Pavloniya daraxtining Shantong gibridi, 9501 gibridi, FTE gibridi hamda Z07 gibrid kabi turlari ekilgan. Mutaxassislarning e’tiroficha, pavlovniya dunyodagi eng tez o‘sadigan