Viloyat hokimi Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyat Ekologiya boshqarmasida xodimlar faoliyati tanishdi.
Yig‘ilishda viloyatimiz hududlarida iqlim sharoiti natijasida o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan, chiqindilar bilan bog‘liq muammolar, daraxt kesilish holatlari, shuningdek, fuqarolarning ekologiyaga oid murojaatlari ko‘payib borayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Yig‘ilish davomida Viloyat hokimi tomonidan hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib turgan ekologiyaga oid muammolarni bartaraf etish, atrof-muhit tozaligini asrab-avaylash, kelajak avlod uchun ekologiyani saqlash borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Viloyat hokimi fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlariga ham to‘xtalib, murojaatlar bilan ishlashda tezkorlik va aniqlikka e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, viloyat hokimi mas’ullarga Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan «Dolzarb 40 kunlik» tadbiri doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga tayyorgarlik ishlarini borish jarayonida barchadan birdek chin yurakdan ishlash kerakligi ta’kidladi.
Yig‘ilish so‘nggida kuz-qish mavsumlarida olimlar va mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda cho‘l hududlarida issiq garmsel va qurg‘oqchilikka chidamliligi uchun qayrag‘och (gujum), chinor, bodom daraxtlari, yapon saforasi daraxtlari, tog‘li hududlarla dub, igna bargli daraxtlar (archadoshlar) barcha turlari, lola daraxti, yapon saforasi daraxtlari ekilishi hamda ekilgan ko‘chatlarning to‘liq ko‘karishini ta’minlash uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish va amalga oshirish ishlari belgilab olindi.