Yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorat bo‘limi boshlig‘i Urunov Bahodir ishtirok etib, viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari hamda shahar va tuman bo‘limi boshliqlariga tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, uning oqibatlari xaqida tushunchalar berib o’tdi.
Shuningdek, qo‘mitaning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorat qilish bo‘yicha bo’limi tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan izchil chora-tadbirlar haqida xodimlarga ma’lumot berilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.