Yakkabog‘ tumanida dunyoda eng tez o‘suvchi pavloniya daraxt ko‘chatlari yetishtirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan Yakkabog‘ tumani «Jambul» MFY hududida 85 sotix yer maydoniga ekilgan 20 ming to‘p pavloniya daraxt ko‘chatlarini yetishtirish ishlari borib o’rganildi.

AgroXimGrup MCHJ agro kimyo ximoya markazi bosh direktori, texnika fanlari nomzodi agro kimyogar olim Rustamov Botir Turdiyevich tomonidan tashkil ushbu hududda barcha agrotexnik tadbirlari amalga oshirilgan holatda pavloniya daraxti ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Pavloniya daraxtining Shantong gibridi, 9501 gibridi, FTE gibridi hamda Z07 gibrid kabi turlari ekilgan.

Mutaxassislarning e’tiroficha, pavlovniya dunyodagi eng tez o‘sadigan daraxt sanaladi. Yiliga 5 metrgacha bo‘y cho‘zadi. Ushba daraxt Xitoy, Yaponiya kabi davlatlarda juda ko‘p yetishtiriladi. Ushba daraxtga ayrim joylarda “Mo‘jiza daraxt” deb ham ta’rif berishadi. Chunki, o‘ta foydali, yog‘ochidan uy ro’zg’or buyumlari, mebellar, shuningdek musiqa asboblari tayyorlash mumkin. Ushbu daraxt suv o‘tkazmaydi, tanasiga qurt tushmaydi, gullaganida asalari uchun nektar vazifasini o‘taydi. Bargi yirik va ozuqabop. Yuqori haroratga chidamli. Yoqilg‘i sifatida ishlatilganida boshqa yog‘ochlardan farqli tarzda 100 foiz yonuvchanlik xususiyatiga ega. Hatto qarag‘ayga qaraganda ham ko‘p daromad keltiradi.